"Liverpul" himoyachisi qishda jamoani tark etish niyati yo‘q!
"Liverpul"ning markaziy himoyachisi Jo Gomes yaqin vaqt ichida jamoasini tark etish niyatida emas.
O‘tgan yozda "qizillar" angliyalik futbolchini "Milan"ga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgandi, ammo "Kristal Pelas" sardori Mark Gexining transferi amalga oshmagani sababli bitim bekor qilingan.
"Football Insider" nashrining xabariga ko‘ra, Gomes muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganiga qaramay, qishda jamoadan ketishni talab qilmaydi. "Milan" hali ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda, biroq Gomes "Liverpul"dagi rotatsiyadagi roli bilan mamnun.
Klub ham 28 yoshli himoyachini qadrlaydi — Arne Slot uni asosiy markaziy himoyachilar jarohat olgan taqdirda muhim zaxira sifatida ko‘radi.
Fikrlar