"Liverpool" hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi: Ikki nomzod ro'yxatda bor

  • 16.04.2026 14:40
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ugo Ekitikening jiddiy jarohatidan keyin "Liverpul" rahbariyati hujum chizigʻini kuchaytirish ustida ish boshladi.

"TEAMtalk" maʼlumotiga koʻra, hozirda mersisaydliklar short-listida ikki futbolchi bor — "Everton" aʼzosi Ilman Ndiaye hamda "Nyukasl"ni tark etish niyatida boʻlgan Entoni Gordon.

Manbada taʼkidlanishicha, "Liverpul"ning transfer rejalari oʻzgarishiga asosiy sabab Ekitikening 2026 yilda maydonga qayta olmasligi boʻlgan.

Joriy mavsumda Entoni Gordon barcha musobaqalarda 46 ta oʻyinda ishtirok etib, 17 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Ilman Ndiaye hisobida esa 28 ta uchrashuv, 6 ta gol va 3 ta assist bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!