"Liverpul" hujumchisiga narx belgiladi

  • 16.06.2025 16:44
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" hujumchisi Darvin Nunes Italiya top-klubiga o‘tishi mumkin.

25 yoshli "Liverpul" va Urugvay terma jamoasi hujumchisiga "Napoli" hamda "Milan" qiziqish bildirmoqda. Neapolliklar futbolchiga allaqachon qiziqish bildirgan bo‘lsa, "rossoneri" uni yaqinda transfer maqsadlari ro‘yxatiga qo‘shgan.

Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, "qizillar" Darvinni 60 million evroga sotishga tayyor. Nunesning yillik maoshi taxminan 5 million evroni tashkil etadi.

2024/25-yilgi mavsumda hujumchi APL doirasida 30 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!