"Liverpul" hujumchisini saqlab qoladigan bo‘lmoqda

  • 08.01.2025 13:06
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" hujumchisi Federiko Kezani qishda sotmaydigan bo‘ldi. 
 
So‘nggi kunlarda A Seriyaning "Fiorentina", "Napoli" va "Inter" kabi jamoalar Federikoni qishki transferlar oynasida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi. Italiyalik vinger ham Slot klubidagi o‘rnidan noroziligi sabab, jamoani tark etishni maqsad qilib qo‘ygan. 
 
Bir necha manbalarning xabariga ko‘ra, mersesaydliklar qishda Kezani qo‘yib yubormaslikka qaror qildi. Yaqin kunlarda muhim o‘yinlar kelayotgani sabab, klub rahbarlari vingerga yana ishonch bildirmoqda. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 27 yoshli futbolchi joriy mavsum 4 tagina o‘yinda ishtirok etib, 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga ulgurdi. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 22 million evro deb baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!