
"Liverpul" ijaradagi futbolchisini ortga qaytarmoqchi
Transfer huquqi "Liverpul"ga tegishli bo‘lgan Fabiu Karvalyu qishki transferlar oynasida Angliyaga qaytishi mumkin. "Qizillar" uni klubga qaytarish uchun "Leyptsig" bilan muzokaralarni boshladi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Ma’lum bo‘lishicha, mersisaydliklar yarim himoyachining kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotganidan norozi va uni hali ijara muddati tugamasidan oldin Germaniyani tark etishini istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Karvalyu mavsum boshida nemislar safiga ko‘chib o‘tgandi. U "Leyptsig" safida 12 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar