"Liverpool" Konatega o‘rinbosar topdi
"Bёrnli" himoyachisi Maksim Estev faoliyatini Angliyaning yetakchi klublaridan birida davom ettirishi mumkin.
Teamtalk nashri xabariga koʻra, 23 yoshli fransuz futbolchisiga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar uni Ibraima Konatening ehtimoliy oʻrinbosari sifatida koʻrmoqda.
Manba maʼlumotlariga koʻra, Estevning transfer qiymati taxminan 28 million yevroni tashkil qiladi.
Oʻtgan mavsumda himoyachi "Bёrnli" safida 36 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U mazkur oʻyinlarda gol yoki golli uzatma qayd etmadi.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yoziga qadar moʻljallangan.

Fikrlar