"Liverpul" La Liga klubidan 19 yoshli hujumchi sotib olishi mumkin
"Vilyarreal" klubi forvardi Semyuel Chukvueze faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra mersisaydliklar skautlari 19 yoshli nigeriyalik futbolchini ko‘pdan buyon kuzatib kelishmoqda. Ta’kidlash kerakki, unga shuningdek "Manchester Siti"dan ham qiziqishlar bor.
O‘z navbatida "Vilyarreal" Chukvuezening joriy mavsumda ko‘rsatayotgan ajoyib o‘yinlaridan so‘ng uning narxini 60 mln evroga ko‘tarib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, Chukvueze bu mavsum La Ligada hozircha 24ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar