“Liverpool” o‘ta qimmat supertransferni rasm an e’lon qildi
Angliyaning “Liverpul” klubi PSJ hujumchisi Bredli Barkolani oʻz safiga qoʻshib olganini rasmiy eʼlon qildi. Bu haqida mersisaydliklar klubi rasmiy saytida maʼlum qildi.
Avvalroq “Liverpul” hujumchini sotib olish boʻyicha kelishuvni yakunlagani xabar qilingan edi.
Mersisaydliklar futbolchi uchun 125 million yevro miqdorida kafolatlangan summa toʻlaydi. Bonuslar bilan birga transfer qiymati yana 20 million yevrogacha oshishi mumkin.
Oʻtgan mavsumda Barkola PSJ safida barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuv oʻtkazib, 13 ta gol va 7 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Futbolchining klub bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qilishi kerak edi. Transfermarkt maʼlumotiga koʻra, Barkolaning bozordagi qiymati 90 million yevroga teng.

Fikrlar