“Liverpool” rahbariyati Slotni qolishi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot yaqin yozda oʻz lavozimini tark etmaydi. Bu haqida The Independent xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, mersisaydliklar rahbariyati oʻtgan mavsumda jamoani chempionlikka olib chiqqan mutaxassis joriy mavsumda oʻzi taʼsir oʻtkaza olmaydigan bir qator omillarga duch kelganini tushunib turibdi. Bir qator futbolchilarning jarohatlari murabbiyga tarkibni toʻliq boshqarishga imkon bermadi, shuningdek, Diogu Jotaning oʻlimi ham oʻyin, ham ruhiy jihatdan jamoaga taʼsir qildi.
Ayni damda "Liverpul" 49 ochko bilan Angliya Premier-ligasi turnir jadvalida beshinchi oʻrinda bormoqda. Bundan tashqari, "qizillar" Chempionlar ligasining 1/4 finalida ham ishtirok etadi.
Fikrlar