
"Liverpul" "Real" futbolchisi uchun 100 million evro taklif qilgan
"Real" yarim himoyachisi Federiko Valverde faoliyatini Angliya Premer ligasida davom ettirishi mumkin edi, deya xabar berdi "As".
Manbaga ko‘ra, "Liverpul" 24 yoshli urugvaylik futbolchini sotib olishga jiddiy qiziqish bildirgan. Qayd etilishicha, ingliz klubi yozgi transfer oynasining so‘nggi kunlarida yarim himoyachi uchun 100 million evro taklif qilgan.
Valverde o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Joriy mavsumda yarim himoyachi 7 uchrashuvda 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar