“Liverpool” “Real” himoyachisini ko‘zlamoqda
Madridning "Real" klubi himoyachisi Din Hausen Angliya Premier-ligasiga qaytishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, ispaniyalik himoyachining xizmatlariga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, "qaymoqranglilar" o'tgan yozda jamoaga kelib qo'shilgan 20 yoshli futbolchini qo'yib yuborish niyatida emas.
"Real" safida Hausen barcha musobaqalarda 29 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Hausenning Madrid klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining narxini 70 million yevroga baholamoqda.
Fikrlar