
“Liverpul” rekord transferga qo‘l urmoqda
“Liverpul” yozgi transferlar oynasi oldidan “Nyukasl Yunayted” hujumchisi Aleksandr Isaak bilan bog‘landi.
Arne Slot hujum chizig‘ini aynan shved futbolchisi yordamida kuchaytirmoqchi. Liverpulliklar Isaakni olish uchun Britaniya futbolida yangi rekord bo‘ladigan darajada mablag‘ tikishga tayyor.
Mashhur insayder Fabritsio Romanoni tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Liverpul” shved futbolchisini jamoaga qo‘shib olish yo‘lida 150 million evro sarflashni rejalashtirgan.
Agar bitim amalga oshsa, bu ko‘rsatkich 2023 yilda “Chelsi” tomonidan Moises Kaysedo uchun “Brayton”ga to‘langan 115 million funtlik transferni ortda qoldiradi.
Hozirda “Liverpul” yulduz futbolchilari — Muhammad Saloh va Virjil van Deyk bilan yangi ikki yillik shartnoma imzolagan. Bu holatlar ham Isaakni “Enfild”ga o‘tishiga turtki bo‘lishi mumkin.
Ammo hozircha munosabatlar rasmiy tus olgani yo‘q. “Nyukasl” esa Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish uchun kurashmoqda va 25 yoshli Isaak bosh murabbiy Eddi Hau bilan ishlashni davom ettiryapti.
Isaak joriy mavsumda 36 uchrashuvda 24 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Bu ko‘rsatkichlar “Liverpul” hujumchisi Darvin Nunesnikidan ancha ustun. Urugvaylik futbolchi 42 o‘yinda atigi 7 gol va 5 assist qayd etgan.
Fikrlar