"Liverpul" sardori klub haqida nimalar dedi?

  • 16.12.2025 17:57
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Angliyaning "Liverpul" klubi himoyachisi Virjil van Deyk jamoaning o‘yinlari haqida fikr bildirdi.

"Ayni vaqtda jamoamizda vaziyatni tubdan o‘zgartirish uchun iroda etarlicha ekanini ko‘rib turibman. Buni amalga oshirish  uchun jamoadoshlarimga xohish va energiya kerak bo‘lyapti. Eng muhimi ularda hamma narsa bor. Maydonda nimalar bo‘layotganini anglab bilishimiz va shunga ta’sir o‘tkaza olishimiz kerak deb o‘ylayman. Bizning o‘yinimizda stabillik etishmayapti. Biroq barqarorlikka erishishni istaymiz. "Liverpul"dagi butun faoliyatim davomida bunga erisha olganmiz. Shunchaki shu ruhda davom etishimiz va xotirjamlikni saqlashimiz kerak", - dedi niderlandiyalik himoyachi.

Ma’lumot uchun, "qizillar" APLning joriy mavsumida 16-turdan so‘ng 26 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!