“Liverpul” superhujumchidan voz kechdi
“Leyptsig” rahbariyati jamoaning asosiy to‘purari Timo Vernerning transfer narxi pasaytirilmasligi haqidagi ma’lum qilganidan keyin “Liverpul” bu futbolchini olish fikridan voz kechdi.
“Liverpul” Timo Vernerga besh yillik shartnoma va yiliga 10 million evro maosh to‘lashni taklif qilgan edi. Lekin nemis klubi rahbarlarining transferni 55 million evrodan pasaytirmayotgani muzokaralarning to‘xtatilishiga sabab bo‘ldi.
Verner bu yil to‘purarlik bo‘yicha o‘z rekordlarini yangilamoqda. Joriy mavsumda 28 ta o‘yinda maydonga tushgan hujumchi 24 ta gol urib, 7 ta golli pas uzatdi.
Fikrlar