
“Liverpul” taklifi javobsiz qoldi
“Bavariya”ning universal himoyachisi David Alaba mavsum oxirida yakunlanadigan shartnomasini uzaytirishga ko‘nmadi va Myunxendan ketishga hozirlik ko‘rmoqda.
Avstriyalik futbolchiga Yurgen Klopp xaridor bo‘lmoqda. “Liverpul” Alaba transferiga qishda xarajat qilishga tayyor bo‘lgan yagona jamoadir. Biroq, David bu chorlovga e’tibor bermadi.
Ma’lum bo‘lishicha, u “Barselona” yoki “Real”dan taklif kutmoqda. Shuning uchun Alaba mavsumni “Bavariya” tarkibida yakunlaydi va mavsum yakunida erkin agent sifatida Ispaniya grandlari bilan muzokaraga kirishadi.
28 yoshli himoyachi “Bavariya” safida 2010 yilan buyon yuqori saviyada to‘p tepmoqda. Myunxenliklar ham aslida futbolchini olib qolmoqchi edi. Biroq David yiliga 25 million evro maosh ilinjida klubning taklifini uch marotaba rad etdi.
Fikrlar