“Inter” Lautaroni qo‘yib yuborishga tayyor. Uning o‘rniga zo‘r to‘purar bor

  • 18 noyabr, 2020, 12:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter” rahbariyati Lautaro Martinesga “Barselona”, “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted”dan jiddiy chorlovlar bo‘layotganini inobatga olib, argentinalik hujumchining ketishiga to‘sqinlik qilmaydigan bo‘ldi.

Tecno

O‘tgan yozda milanliklar Lautaroning “Barselona” bilan o‘zaro kelishib olganiga qaramay, uni qo‘yib yubormagan edi.

Endi Martines boshqa jamoaga ketadigan bo‘lsa, “Inter” uning o‘rniga “Torino”ni tark etish istagida yurgan Andrea Belottini olib kelishni rejalashtirmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte ham Italiya terma jamoasi hujumchisi nomzodini ma’qulladi.

Joriy mavsumda Andrea Belotti A Seriyada ettita uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini olti marotaba aniq nishonga oldi.

Gvardiola ikki superhujumchidan birini tanlashi kerak

“Inter” ashaddiy raqibining yulduzlarini o‘ziga og‘diryapti

Zidan Xolandni olish fikridan voz kechdi. O‘rniga undan zo‘ri bor!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!