"Liverpul" top-5 chempionatlar ichida qanday rekord o‘rnatdi?
“Liverpul” kecha APLning 22-turida safarda "Tottenxem" (1:0) mehmoni bo‘ldi va g‘alaba qozondi.
Gracenote Live nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mersisaydliklar shu tariqa Evropaning top-5 chempionatlarida mavsumning dastlabki 21 ta bahsidan 20 tasida g‘alaba qozongan ilk jamoa bo‘lishdi.
Bundan tashqari Klopp shogirdlari ushbu 21 ta o‘yinda jami 61 ochko jamg‘argan top-5 chempionatlardagi ilk jamoa bo‘lishdi.

Fikrlar