Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

«Liverpool», «Tottenxem» va «Bavariya» «Barselona» himoyachisi uchun kurashmoqda

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Liverpool», «Tottenxem», «Bavariya» va «Inter» 24 yoshli «Barselona» himoyachisi Jеrar Martеnni transfеr qilishga qiziqmoqda.

Angliyaning «Liverpul» va «Tottenxem» klublari «Barselona» himoyachisi Jerrar Martenni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqmoqda. Bu haqida Fussball News nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar himoyachisiga Myunxenning «Bavariya» klubi hamda Italiyanning «Inter» jamoasi ham da’vogarlik qilmoqda.

Qayd etilishicha, mutaxassislar 24 yoshli futbolchining markaziy himoyachi va chap qanot himoyachisi sifatida o‘ynay olishini yuqori baholamoqda. Uning universalligi va to‘p bilan muomala qilishdagi xotirjamligi ham klublar e’tiborini tortgan.

Eslatib o‘tamiz, Jerrar Marten 2023 yilda «Kornelya» klubidan «Barselona»ga o‘tgan. U joriy mavsumda kataloniyaliklar safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q