“Liverpool” “Tottenxem”ni xafa qildi

  • 16.09.2026 07:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Liga kubogining 2026/2027 yildgi mavsumi 1/16 finalidan o‘rin olgan “Liverpul” va “Tottenxem Xotspur” o‘rtasidagi uchrashuvda mersisaydliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

21-daqiqada “Liverpul” yarim himoyachisi Aleksis Mak Allister hisobni ochdi. 54-daqiqada Kodi Gakpo mezbonlarning ustunligini ikki karra oshirdi. “Tottenxem” yarim himoyachisi Konor Gallaher 69-daqiqada farqni bitta golga qisqartirdi. 90+1-daqiqada Dominik Soboslai “shporlar” darvozasiga uchinchi golni urdi.

“Liverpul” uchun bu joriy mavsumdagi Angliya Liga kubogidagi birinchi uchrashuv bo‘ldi. “Tottenxem” musobaqaning 1/16 finaliga avvalgi bosqichda “Charlton Atletik”ni 5:1 hisobida yirik mag‘lub etgan holda yo‘l olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!