«Liverpool» Trent Aleksander-Arnold transferi bo‘yicha qaror qabul qildi
«Liverpool» Trent Aleksander-Arnoldni jamoaga qaytarishni rejalashtirayotgani yo‘q, deb xabar berdi jurnalist Fernandes.
Zhoze Mourinyuning fikricha, Federico Valverde oʻng qanot himoyachisi pozitsiyasida Trent Aleksander-Arnoldga nisbatan yaxshiroq oʻynaydi.
Angliyalik futbolchi hozircha murabbiy qaroriga koʻra maydonga tushirilmayapti. Avvalroq Trent yana Angliya premyer-ligasiga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan, unga mahalliy yetakchi klublar, jumladan «Liverpul» ham qiziqayapti, degan maʼlumotlar berilgan edi.
Biroq manba «qizillar»ning bu boradagi ehtimoliy qiziqishini rad etdi. Fernandes maʼlumotiga koʻra, mersisayd jamoasi hozircha himoyachini jamoaga qaytarishni rejalashtirayotgani yoʻq.

Izohlar (0)