"Liverpool" Van Deykning o‘rniga yangi himoyachi olib kelmoqchi

  • 30.12.2025 23:37
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Inter" himoyachisi Alessandro Bastoni xizmatlariga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda.  Bu haqida "Football Insider" nashri xabar bermoqda.

Manbada yozilgan ma'lumotga koʻra, "Liverpul" Bastonini bir yarim yildan beri kuzatib kelmoqda. Ingliz klubi rahbariyati Alessandroni Van Deykning oʻrnini egallaydi, deb hisoblayapti. Mersisaydliklar italyanlik himoyachi uchun 92 million evrodan voz kechishga tayyor. "Inter" esa ushbu summadagi taklifga futbolchini qoʻyib yuborishi mumkin. 

26 yoshli futbolchining hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 80 million evroni tashkil etadi. Uning Italiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi.

Ma'lumot uchun, himoyachi joriy mavsum "Inter" safida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 5 ta golli uzatmani oʻz nomiga yozdirib qoʻydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!