“Liverpool” yuz million evrolik taklifi oʻxshamagach, ikkinchi urinishga qoʻl uradi
«RB Leyptsig» yarim himoyachisi Yan Diomande yozgi transfer oynasida klubni tark etmoqchi. Hujumkor futbolchiga asosiy daʼvogar hisoblangan «Liverpul» uni sotib olish uchun yangi urinishni boshladi. Bu haqida insayder Fabrizio Romano maʼlum qildi.
Manbaga koʻra, Germaniya klubi «Liverpul»ning 90 million yevro va qoʻshimcha 10 million yevro bonusdan iborat, jami 100 million yevrolik taklifini rad etgan.
Qayd etilishicha, «Leyptsig» 19 yoshli ivuarlik futbolchini yana kamida bir mavsum saqlab qolishni istamoqda va uni kamida 120 million yevroga sotishga tayyor.
Futbolchining oʻzi esa aynan hozir klubini almashtirishni afzal koʻrmoqda. Ayni paytda «Liverpul» yaqin vaqt ichida yangi taklif bilan chiqadigan boʻlyapti.
Diomande oʻtgan mavsumda 36 ta uchrashuvda ishtirok etib, 13 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Hozir u 2026 yildagi jahon chempionatida Kot-d'Ivuar terma jamoasi yigʻinida boʻlib turibdi va guruh bosqichining hal qiluvchi uchinchi turida Kyurasoaga qarshi oʻyinga tayyorgarlik koʻrmoqda.

Fikrlar