
"Liverpul" zaxiradagi futbolchisini saqlab qolmoqchi
«Liverpul» klubi yarim himoyachi Adam Lallanani jamoada olib qolmoqchi. Bu haqda Liverpool Echo xabar berdi.
Manbada yozilishicha, mersisaydliklar 31 yoshlik xavbek bilan shartnomani uzaytirishmoqchi. "Liverpul" bu futbolchini rotatsiya o‘yinchi sifatida ko‘riladi. Klub inqiroz tufayli tarkibni kuchaytirish uchun katta pul sarflay olmaydi. Shu bois Adam Lallana zaxirada qolib ketayotgan bo‘lsa ham jamoada qolishi kutilmoqda.
Lallanaga Angliyaning «Lester» va «Sautgempton» klublari da’vogarlik qilmoqda.
Fikrlar