“Liverpul”ni eplolmay qolgan Klopp “Chelsi”ni boshqarishi kutilyapti

  • 9 fevral, 2023, 17:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” joriy mavsumni muvaffaqiyatsiz o‘tkazmoqda. Katta mablag‘ sarflayotganiga qaramay, “Chelsi” natijalari ham kutilgan natijalarni qayd etolmayapti.

Tecno

Sunday Express nashrining ta’kidlashicha, “aristokratlar” mavsum yakunlangach, bosh murabbiy Grem Potterdan voz kechishi mumkin. Klub xo‘jayini Todd Byoli bu mutaxassisga mavsum oxirigacha imkoniyat bergan. Bu muddat ichida natijalarda ijobiy o‘zgarish bo‘lmasa, Potter joyidan olinadi.

O‘z navbatida, “Liverpul” ham Klopp bilan xayrlashishi kutilyapti. Agar vaziyat shunday yakun topsa, “Chelsi” germaniyalik mutaxassisni bosh murabbiylikka olib kelishga tayyor.

Yurgen Klopp Angliya premer-ligasi va Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqish tajribasiga ega ekani “Chelsi” rahbariyatining e’tiborini tortmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!