"Liverpul"ning 6 yillik seriyasiga yakun yasaldi
EChL guruh bosqichi 4-turi doirasida "Liverpul" o‘z maydonida "Atalanta"ga imkoniyatni boy berdi.
Liverpulliklar ChLda so‘nggi 6 yildan buyon "Enfild"da ikkitadan ortiq gol o‘tkazib yubormayotgan edi. So‘nggi bor "qizillar" 2014 yilgi mavsumda "Real" ga qarshi o‘z uyida bo‘lib o‘tgan o‘yinda 3:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
Mag‘lubiyatga qaramasdan "Liverpul" D guruhida 4 o‘yinda 9 ochko bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi. "Atalanta" esa 7 ochko jamg‘argan holda uchinchi pog‘onada bormoqda.



Fikrlar