"Liverpul"ning MYuga qarshi bahsida so‘nggi 60 yillikdagi rekord qayd etildi

  • 19 dekabr, 2023, 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APLning 17-turida “Liverpul” o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ni mag‘lub eta olmadi – 0:0.

BBC xabariga ko‘ra, shu kuni stadionga 57 158 ming muxlis tashrif buyurgan. Bu 1963 yilda  Angliya Kubogida "Byornli"ga qarshi o‘yindan keyin "Liverpul"ning "Enfild"dagi uy uchrashuviga muxlislar tashrifi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsat bo‘ldi.

Shuningdek, «Manchester Yunayted» bilan o‘yin «Liverpul»ning Angliya chempionati tarixidagi eng ko‘p tashrif buyurgan uchinchi o‘yiniga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda ortda qolgan 17 turdan so‘ng “Liverpul” 38 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Manchester Yunayted» 28 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. Chempionat peshqadami “Arsenal” hisobida 39 ochko mavjud.

Eslatib o‘tamiz, keyingi turda “Arsenal” va “Liverpul” jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!