"Liverpul"ning sobiq bosh murabbiyi Saudiya Arabistoni klubini boshqaradi

  • 16.12.2025 14:36
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Saudiya Arabistonining “Al-Qodisiya” klubi Brendan Rodjersni yangi bosh murabbiyi sifatida tayinlaganini rasman e’lon qildi

Rodjers 2025 yil oktyabr oyida Shotlandiyaning “Seltik” jamoasidagi bosh murabbiylik lavozimini tark etgandi. 52 yoshli shimoliy irlandiyalik mutaxassis shuningdek, Angliyaning “Lester” va “Liverpul” jamoalarini ham boshqargan.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda “Al-Qodisiya” 9 ta uchrashuvda 17 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!