
"Liverpul"ning "sobiq yulduzi" Avstraliya klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin
"Liverpul"ning sobiq hujumchisi Lazar Markovich faoliyatini Avstraliya chempionatida davom ettirishi mumkin.
“Sidney” klubi 28 yoshli serbiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolash niyatida.
Ma’lumot uchun, Markovich 2014 yilda 35 million evro evaziga "Liverpul"ga ko‘chib o‘tgan edi. O‘shanda mersisaydliklar futbolchi uchun «Tottenxem», «Bavariya» va «Fiorentina» kabi klublarga qarshi raqobatda g‘alaba qozongan edi. Biroq, qanot hujumchisi “Liverpul”da umuman o‘zini oqlay olmadi va 2019 yil yanvar oyida klubni erkin agent sifatida tark etdi hamda "Fulxem" bilan shartnoma imzoladi.
Markovich o‘tgan mavsumni Serbiyaning "Partizan" jamoasida o‘tkazdi, biroq 19ta o‘yinda birorta ham gol ura olmadi.
Fikrlar