"Liverpul"ning yana bir yarim himoyachisi Saudiyaga yo‘l oladi

  • 15 iyul, 2023, 15:26
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" yarim himoyachisi "Al-Ittihod"ga o‘tishga yaqin turibdi. Saudiya klubi va Fabino o‘zaro kelishib oldi, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano. 

Tecno

Braziliyalik futbolchi saudiyaliklar bilan 3 yillik bitim imzolanadi. Endilikda ikkala klub muzokaralarni boshlashi kerak. Ushbu transfer taxminan 40 million funtga amalga oshishi mumkin. Shuningdek, 30 yoshli yarim himoyachi Germaniyaga "Liverpul" bilan uchib ketmasligi ma’lum bo‘ldi. U tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Saudiyaga yo‘l oladi.

Mersisaydliklar esa Fabinoning o‘rnini to‘ldirish uchun bir qancha variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida "Sautgempton"dan Romeo Laviya favorit bo‘lib turibdi. 19 yoshli ingliz uchun "avliyolar" kamida 40 million funt talab qilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!