“Liverpool”ning yangi murabbiyi nomi ma'lum bo‘ldi
Angliya Premier-ligasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan ispaniyalik mutaxassis Andoni Iraola endi mamlakatning top-klublaridan birini boshqarish darajasiga yetdi.
Yaqinda Arne Slotni ishdan bo’shatgan “Liverpul” bosh murabbiylikka aynan Iraolani tayinlaydigan bo’lyapti.
Bu haqida insayder Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog’ida ma’lum qildi.
Manbaga ko’ra, tomonlar hamkorlik shartlari bo’yicha kelishuvga erishgan. Shartnoma 2029 yilning yozigacha amal qiladi.
Insayder Fabrizio Romano ham mersisaydliklarning Andoni Iraolaga qiziqishini tasdiqladi.
Uning aytishicha, klub rahbariyati ispaniyalik mutaxassisni bosh murabbiy lavozimi uchun yagona nomzod sifatida ko’rmoqda.
Rasmiy muzokaralar esa yaqin kunlarda boshlanishi kutilmoqda.
Andoni Iraola 2023 yildan buyon “Bornmut”ni boshqarib kelayotgan edi va yozda klubni tark etishga qaror qilgan. Iraola mavsum yakunlariga ko’ra klubni tarixida ilk bor evrokuboklarga olib chiqdi.

Fikrlar