
"Lokomotiv" legioneri joriy mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan "Lokomotiv" klubi pro ligada joriy mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisini aniqladi. Bu borada klub matbuot xizmati so‘rovnoma o‘tkazdi va uning yakuni e’lon qilindi.
"Nihoyat, Telegram kanalimizdagi so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, «Yilning eng yaxshi futbolchisi» aniqlandi. Uch bosqichdan iborat so‘rovnoma o‘z yakuniga etdi va hal qiluvchi finalda Rustam Soirov 58 foiz ovoz to‘plab birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Jaloliddin Jumaboev 28 foiz ovoz to‘plab ikkinchi bo‘lgan bo‘lsa, darvozabon Abdumavlon Abdujalilov 14 foiz ovoz bilan uchinchi bo‘ldi.
Rustam Soirov «Loko» tarkibida bu mavsum sermahsul harakat qilib, 11 ta gol urdi va 3ta golli uzatmani amalga oshirdi hamda «temiryo‘lchilar»ning Pro Ligadan Superligaga qaytishida muhim rol o‘ynadi.
Tojikistonlik hujumchi (vinger)ni «Lokomotiv»ning 2023 yildagi «Eng yaxshi futbolchisi» bo‘lgani bilan tabriklaymiz", - deyiladi klub xabarida.
Fikrlar