
"Lokomotiv" tahlilchisi Anliyada ish boshlaydi
Ralf Rangnikni bosh murabbiy etib tayinlagan "Manchester Yunayted" murabbiylar shtabini yangilamoqchi.
Insayder Fabritson Romanoning ma’lum qilishicha, Moskvaning "Lokomotiv" klubi tahlilchisi Evan Sharp faoliyatini Manchesterda davom ettiradi. U bosh murabbiy Rangnikning yordamchisi sifatida ish boshlaydi.
Avvalroq, Sharp "temiryo‘lchilar" safida qolishi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq MYuda ishlayotgan Kiran MakKena "Ipsvich"ga ketganidan so‘ng, Evanning kelishi aniq bo‘ldi.
Mutaxassis "Lokomotiv"da o‘tgan yilning noyabridan beri faoliyati olib borayotgan edi.
Fikrlar