"Lokomotiv" tarkibini tajribali futbolchi bilan kuchaytirdi
Toshkentning "Lokomotiv" klubi yangi futbolchi transferini amalga oshirdi.
"Temiryoʻlchilar" erkin agent maqomida boʻlib turgan Jasur Yaxshiboev bilan shartnoma imzoladi. Tomonlar oʻrtasidagi kelishuv 2027 yilning 30 noyabriga qadar amal qiladi. Bu haqida OʻzPFL matbuot xizmati maʼlum qildi.
Maʼlumot uchun, "Lokomotiv" Superliganing joriy mavsumida 11 turdan soʻng 17 ochko jamgʻarib, musobaqa jadvalidа 6- oʻrinni egallab turibdi.

Fikrlar