London klubi “Siti” futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 30.01.2026 18:36
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Norvegiyalik yarim himoyachi Oskar Bobb "Manchester Siti"dan "Fulxem"ga o‘tdi. Bu haqida London klubi matbuot xizmati xabar berdi.

"Klub "Manchester Siti"dan Oskar Bobbni o‘z safiga qo‘shib olganidan mamnun. Premyer-liga chempioni Bobb 2031 yilning yozigacha amal qiladigan shartnomaga rozi bo‘ldi. U 14-raqamli libosda harakatlanadi", - deyiladi klub xabarida.

Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida 22 yoshli Oskar Bobb 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, futbolchi hisobida Chempionlar Ligasida uchta o‘yin bor. Angliya kubogida u uchta o‘yinda maydonga tushdi. Musobaqada Oskar samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!