London klublari "Atletiko" futbolchisiga xaridor bo‘lishmoqda
"Atletiko" qanot himoyachisi Toma Lemar "Tottenxem" va "Chelsi" qiziqishlari doirasiga kirdi. Bu haqida Evening Standard xabar bermoqda.
Manbaaga ko‘ra "ko‘klar" frantsiyalikni sotib olish haqida o‘ylashayotgan bo‘lsa, "shporlar" ijaraga olish uchun taklif tayyorlashmoqda.
"Matraschilar" ham futbolchini sotib yuborishga tayyor. Klub uning transferini 50 million evroga baholamoqda.
Fikrlar