London UFC turniriga mezbonlik qiladi

  • 05.12.2025 21:35
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

UFC Buyuk Britaniyaning London shahrida jang kechasi o‘tkazilishini e’lon qildi. Promoushen matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur musobaqa  2026 yil 21 mart kuni "Arena O2" da bo‘lib o‘tadi. 

"London - dunyodagi eng katta janglarni o‘tkazuvchi shaharlaridan biri hisoblanadi. Unda ajoyib muxlislar va aql bovar qilmas atmosfera bor. Biz bu erda oxirgi marta bo‘lganimizda, UFC Fight Night tarixidagi eng yuqori daromadni qo‘lga kiritgandik. London - har doim umidlarni oqlagan. Men u erga qaytishni sabrsizlik bilan kutyapman", - dedi UFC prezidenti.

Ma’lumot uchun, 2025 yil 23 mart kuni o‘tkazilgan musobaqa eng yuqori daromad keltirgan "Fight Night" turnirga aylangandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!