London va Manchester superklublari har bir oʻyinda gol urayotgan hujumchini talashyapti

  • 12.10.2026 06:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Frayburg» klubi hujumchisi Igor Matanovich Angliya premyer-ligasining yetakchi jamoalari diqqat markazida turibdi.

«Arsenal», «Manchester Yunayted» va «Chelsi» skautlari joriy mavsumda xorvat futbolchisining o‘yinlarini yaqinidan kuzatmoqda, deya xabar bermoqda Transfer News Live nashri CaughtOffside manbasiga tayanib. Ma’lumotlarga ko‘ra, 23 yoshli forvardning o‘zi ham Angliya chempionatida o‘ynash imkoniyatiga ijobiy qaraydi.

«Frayburg» rahbariyati Matanovich uchun transfer narxini sezilarli oshirgan. Manbaga ko‘ra, uni qo‘lga kiritishni istagan klublar taxminan 50 million funt sterling (deyarli 59 million yevro) to‘lashga tayyor turishi kerak bo‘ladi. 

Bunday bahoga sabab sifatida hujumchining joriy mavsumdagi samarali o‘yini ko‘rsatilmoqda: u yetti uchrashuvda oltita gol urdi va ikkita golli pas berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!