
Lopetegi - "Sevilya" tarixidagi eng yaxshi murabbiy!
"Sevilya" kecha La Liganing 24-turida o‘z maydonida "Elcheni" 2:0 hisobida engdi va peshqadam "Real" bilan oradagi farqni 3 ochkoga qisqartirdi.
E’tiborlisi, ushbu bahs Xulen Lopetegi uchun Ispaniya chempionatida andalusiyaliklar bosh murabbiyligidagi 100-o‘yin bo‘ldi. U ushbu natijaga erishgan klub tarixidagi 7-murabbiyga aylandi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra, Lopetegi dastlabki 100 ta o‘yinda g‘alaba qozonish bo‘yicha “Sevilya” tarixidagi eng yaxshi natijaga ega bo‘ldi. Uning boshqaruvidagi "Sevilya" 56.6% uchrashuvda g‘alaba qozongan. Aniqrog‘i, 56 ta g‘alaba, 26 ta durang va 17 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
Fikrlar