Lopetegi "Roma"ga o‘tishi kutilayotgan "Real" futbolchisini "Sevilya"da ko‘rmoqchi
"Sevilya" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi jamoaga "Real" yarim himoyachisi Iskoni olib kelmoqchi. Bu haqda "AS" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mutaxassisning shaxsan o‘zi rahbariyatdan ushbu transfer hal qilinishini so‘ragan. Ispaniyalik murabbiy Isko bilan Ispaniya terma jamoasi va "Real" Madrid bosh murabbiyi bo‘lgan paytda birga ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi mavsum yakunlangach, "qirollik klubi"ni erkin agent sifatida tark etishini ma’lum qilgandi. U joriy mavsum "qaymoqranglilar" tarkibida jami 17 o‘yinda 2 gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar