Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Luis Enrike alamli mag‘lubiyatga kim aybdor ekanini aytdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 1

Qattiq gapirdi

Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining beshinchi turida “Bavariya” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Pari Sen-Jermen”ni kichik hisobda mag‘lub etdi.

Myunxenliklarga g‘alaba keltirgan yagona golni koreyalik himoyachi Kim Min Dje kiritdi. Uchrashuvning 57-daqiqasida parijliklar hujumkor futbolchisi Usmon Dembele ikkinchi marotaba ogohlantirish olib, maydonni erta tark etdi.

Uchrashuvdan keyin PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike mag‘lubiyatga kim sababchi ekanini aytdi.

- Har doim aybdor qidiriladi. Agar aybdor bo‘lsa, u mening o‘zim. Mag‘lubiyat uchun javobgarlikni o‘z zimmamga olaman. Ana, aybdor topildi. Shu lahzadan boshlab, har qanday tanqidni ko‘taraman, - dedi Luis Enrike.

Besh turdan keyin PSJ to‘rt ochko bilan umumiy jadvalda 26-pog‘onaga tushib qoldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q