Luis Enrique “Liverpul”ga qarshi javob uchrashuvi oldidan fikr bildirdi

  • 09.04.2026 20:05
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrique CHLning chorak finalida "Liverpul"ga qarshi javob uchrashuvi oldida oʻz fikrini bildirdi. 

"Biz "Enflid"ga yana gʻalaba qozonish maqsadi bilan boramiz. Buning uchun gol urishimiz kerak. Biz birinchi oʻyinda qoʻlga kiritilgan ustunlikni himoya qilmoqchi emasmiz. Bu narsa oson boʻlmasligini biz bilamiz, ammo bu uchrashuvga ham yaxshi tayyorgarlik koʻramiz", - dedi ispaniyalik mutaxassis. 

Maʼlumot uchun, PSJ hamda "Liverpul" jamoalari oʻrtasidagi javob uchrashuvi 14 apreldan 15 aprelga oʻtar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!