Luis Enrique mag‘lubiyatga qarama-y xursand

  • 05.09.2026 11:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyaning amaldagi chempioni “Pari Sen-Jermen” klubi bosh murabbiyi Luis Enrique Liga 1 chempionatining 3-turida “Monako”ga qarshi o‘yin natijasi haqida fikr bildirdi. Uchrashuv monegasklar foydasiga 2:1 hisobida yakunlandi.

- Men doimo buni takrorlayman: mag‘lub bo‘lgan murabbiy bu yerda, ya’ni matbuot anjumanida bo‘lmasligi kerak. Bu murabbiylar uchun eng yomon payt, ammo men kulaman. Bu murabbiy sifatida mening mas’uliyatim.

Agar o‘yin haqida gapirishimni xohlasangiz, shunday deyman: men ko‘rgan narsadan mamnun bo‘ldim. Ayonki, bu mavsum boshlanishi, biz hali o‘z darajamizda emasmiz, ammo ko‘plab ijobiy jihatlarni ko‘rdim.

Men uchun mutlaqo aniqki, biz g‘alabaga loyiq edik. Shubhasiz. Kutilgan gollar (xG) ko‘rsatkich ham aniq bizning foydamizga edi, ammo futbol shunday va bu uning go‘zalligi!, - deya Enrikening o‘yindan keyingi flesh-intervyusida aytgan so‘zlarini ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasidagi ParisSG INFOS akkaunti keltirdi.

Luis Enrique jamoasi Liga 1 turnir jadvalida uchta turdan keyin ikki ochko bilan 12-o‘rinda joylashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!