Luis Enrike velosipeddan yiqilib, jarohat oldi va operatsiya qilinadi!
"Pari Sen-Jermen" bosh murabbiyi Luis Enrike velosipeddan yiqilib, yo‘lda shikast oldi. Frantsuz klubi matbuot xizmati tarqatgan bayonotga ko‘ra, murabbiy shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga etkazilgan va uning suyagi singani sabab operatsiya o‘tkaziladi.
"Velosipeddan yiqilish oqibatida murabbiy Luis Enrike juma kuni shoshilinch tarzda kasalxonaga etkazildi va suyagi singani uchun operatsiya qilinmoqda.
– "Pari Sen-Jermen" klubi Enrikega to‘liq qo‘llab-quvvatlash bildirib, tezroq sog‘ayib ketishini tilaydi. Yaqin orada qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi", – deyiladi rasmiy xabarda.
Fikrlar