Luis Enrikening PSJdagi maoshi shov-shuv keltirib chiqardi

  • 06.09.2026 16:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ klubi bosh murabbiy Luis Enrique bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirdi.

Ispaniya nashri AS bu qaror haqidagi maqolasini «PSJ pul sochmoqda» sarlavhasi bilan berdi va murabbiy maoshini «osmonga ko‘tarilgan» deb ta’rifladi. Shu bilan birga, ispan ommaviy axborot vositalari na klubni, na murabbiyni tanqid qilmoqda – aksincha, maosh oshirilishi to‘liq adolatli qadam sifatida baholanmoqda.

«Nasser Al-Xelaifi tomonidan Luis Enrique haqidagi doimiy maqtovlar yanada yuqori bosqichga ko‘tarildi. Ishonchning eng katta isboti – yangi shartnoma. U tugaganda Luis Enriquening «PSJ»dagi davri yetti mavsumni tashkil qiladi. Ilk uch yiloqoq klub rahbariyati orzu qilgan sifat jihatidan jiddiy sakrashga erishildi», – deya ta’kidlaydi Cadena SER.

«U dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan murabbiylardan biriga aylanmoqda. Parij muxlislari bu maosh oshirilishini to‘liq munosib deb hisoblayotgani shubhasiz», – deb yozadi Sport. Nashrning qayd etishicha, «Luis Enrique fransuz klubining so‘nggi yillardagi tarixini o‘zgartirdi» va hozirda «klub tarixidagi eng ko‘p sovrin yutib bergan murabbiy» hisoblanadi.

El Nacional esa vaziyatni yanada keskinroq talqin qildi: «Nasser Al-Xelaifi Luis Enrique «Barselona» bilan shartnoma imzolashining oldini olish uchun juda jasur va xavfli qadam tashlashga majbur bo‘ldi».

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!