Luis Enrikening yangi maoshi ochiqlandi

  • 06.09.2026 18:22
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrique klub bilan shartnomani uzaytirganidan so‘ng maoshini sezilarli oshiradigan bo‘ldi.

Yangi kelishuvga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis 2030 yilgacha Parij klubini boshqarishda davom etadi. Sport.es nashri yozishicha, endi Enrique har mavsum soliqlar undirilgunga qadar taxminan 20 million yevro ish haqi olardi. Ilgari 56 yoshli murabbiyning yillik daromadi 12 million yevro atrofida baholanar edi.

Eslatib o‘tamiz, PSJ 4 sentabr kuni Luis Enrique bilan shartnoma uzaytirilganini rasmiy e’lon qilgan edi. Qiziqishi shundaki, o‘sha kunning o‘zidayoq parijliklar joriy Frantsiya chempionatidagi ilk mag‘lubiyatini qayd etishdi — o‘z maydonida «Monako»ga yutqazishdi. Luis Enrique 2023 yil yozidan beri PSJda faoliyat olib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!