
Luis Suares: Messining “Barsa”da qiladigan ishi qolmadi. U ketishi mumkin
“Barselona”ning “Bavariya”dan 2:8 hisobidagi mag‘lubiyatidan so‘ng, ko‘pchilik o‘z fikr-mulohazalarini bildirmoqda. Kataloniyaliklarning sobiq futbolchisi Luis Suares Miramontes ham mag‘lubiyat haqida gapirdi.
- Intensiv va shiddatli harakatlarsiz o‘ynab bo‘lmaydi. Seten hujumchi o‘rniga hech kimni qo‘riqlamagan yarim himoyachini maydonga tushirdi. Bunda faqat Messini ayblab bo‘lmaydi. Messi g‘azablanib, bu erda qiladigan ishi qolmaganini aytib, jamoadan ketib qolishi ham mumkin, - dedi Luis Suares.
“Barselona” joriy mavsumda Ispaniya chempionligini ham, Evropa Chempionlar ligasini ham boy berdi va mavsumni sovrinsiz yakunladi.
Fikrlar