Luis Suares: Shifokorlar tushuntirib berishlari shart! Nima uchun Dembele jarohat olishda davom etmoqda?
"Barselona" forvardi Luis Suares jarohatidan forig‘ bo‘lib ulgurmagan Usmon Dembele borasida fikr bildirdi.
"Shifokorlar Dembelening jarohatini tezroq davolash yo‘llarini qidirishlari kerak. Umuman olganda ular tushuntirib berishlari shart! Nima uchun Dembele tuzalgandan keyin jarohat olishda davom etmoqda. Biz umid qilamizki, u tezda safimizda qaytadi," - dedi Suares.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasining 5-turidan o‘rin olgan "Borussiya" (3:1) ga qarshi uchrashuvda
Usmon Dembele jarohat olib, maydonni tark etdi. Ma’lum bo‘lishicha, u kamida 6 ta bellashuvni o‘tkazib yuboradi. Shu qatorda, "Real"ga qarshi bahsni ham.

Fikrlar