Luka Modrich Xorvatiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

  • 03.07.2026 07:04
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xorvatiya futboli afsonasi Luka Modrich milliy terma jamoadagi faoliyatini rasmiy yakunladi.

Bu haqida taniqli insayder Fabrizio Romano ma'lum qildi. U Portugaliyaga qarshi 1/16 final bahsidan keyin Krishtianu Ronaldu va Luka Modrichning suratlarini e'lon qilib, quyidagicha yozdi:

"Krishtianu Ronaldu o'yindan keyin darhol Luka Modrich oldiga borib, uni quchoqlab tabrikladi va hurmatini izhor qildi. Bu Modrichning Xorvatiya terma jamoasidagi so'nggi o'yini edi. Ikki futbol afsonasi. Hurmat".

39 yoshli Modrich 2006 yilda milliy jamoada debut qilgan va Xorvatiya tarixidagi eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi hisoblanadi. U terma jamoa safida 200 ta uchrashuvda maydonga tushib, 27 ta gol va 29 ta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!