Luka Toni imtihondan muvaffaqiyatli o‘tdi
Italiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Luka Toni Italiya federatsiyasida imtihonni muvaffaqiyatli topshirdi va u endi sport direktori sifatida ishlab oladi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi joriy yilning may oyida faoliyatini yakunlagan edi. Toni so‘nggi rasmiy o‘yinini “Yuventus”ga qarshi o‘tkazib, o‘z goli bilan “Verona” (2:1) jamoasi g‘alabasiga hissasini qo‘shgan.

Fikrlar