Lukaku 22 yillik natijani takrorladi

"Inter" hujumchisi Romelu Lukaku A Seriya 30-turi doirasida "Bolonya"ga qarshi o‘yinda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Bu belgiyalik futbolchi uchun joriy mavsumdagi 20-gol bo‘ldi. Bu bilan u debyut mavsumda 30 ta o‘yinda  20 ta gol urgan to‘rtinchi futbolchiga aylandi.

Bungacha bunday natijani Ronaldo (1998 yil), Ishtvan Nersh (1949 yil) va Juzeppe Meatstsa (1930 yil) qayd eta olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!